Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Muhammad Saloh Saudiya Arabistoniga ketish haqida jiddiy o‘ylaganini tan oldi

Muhammad Saloh Saudiya Arabistoniga ketish haqida jiddiy o‘ylaganini tan oldi

"Liverpul" va Misr terma jamoasi forvardi Muhammad Saloh ingliz klubi bilan shartnomasini uzaytirishdan oldin Saudiya Arabistoni Pro-ligasiga o‘tish haqida jiddiy o‘ylaganini tan oldi.

"Ha, menda faoliyatimni Saudiya Arabistonida davom ettirish varianti bor edi. Muzokaralar bo‘lib o‘tdi va men haqiqatan ham bu haqda o‘yladim. Agar "Liverpul" bilan kelishib olmaganimda, katta ehtimol bilan u yerga ketgan bo‘lardim," - dedi Saloh Fransiyaning RMC Sport nashriga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, 32 yoshli hujumchi Madridning "Real" yoki "Barselona" klubi bilan aloqada bo‘lmaganini ta’kidladi.

Kiritildi: 13:12 26.05.2025. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!