Madridning "Real" klubi futbolchilari bosh murabbiy Joze Mourinyoning ish uslubidan mamnun.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis jamoa kiyinish xonasida sog‘lom muhit yaratib, barcha futbolchilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Klub yulduzlari uning jamoani boshqarish qobiliyatini yuqori baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Florentino Peres ketma-ket ikki muvaffaqiyatsiz mavsumdan so‘ng Mourinyuni "Real"ga qaytargan edi. Avvalgi murabbiylar davridagi muammolarning sabablaridan biri futbolchilar bilan kelishmovchiliklar bo‘lgani aytilgan.
"Real" 25 oktyabr kuni "Barselona" mehmoni bo‘ladi.