Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mourinyo «Real» rahbariyatidan yana bir futbolchi sotib olishni so‘radi

Mourinyo «Real» rahbariyatidan yana bir futbolchi sotib olishni so‘radi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa tarkibini kuchaytirish bo‘yicha rejalar tuzishda davom etmoqda.

Diario AS nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatidan yana bir o‘yinchi — uslubi jihatidan Xoseluga o‘xshash bo‘lgan sof markaziy hujumchi sotib olishni so‘ragan. Shunga qaramay, hozircha bu «qaymoqranglilar» uchun transfer bozoridagi eng asosiy maqsad emas. Klubdagilar Gonsalo Garsiya ham ushbu vazifani yaxshi uddalay olishi mumkin deb hisoblashmoqda. Yakuniy qaror mavsum oldi tayyorgarlik mashg‘ulotlari boshlanganidan keyin, yangi ustoz barcha futbolchilar bilan shaxsan ishlab ko‘rganidan so‘ng qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsumda «Real Madrid» La Ligada ikkinchi o‘rinni egalladi va birorta ham kubok musobaqasida g‘olib chiqa olmadi.

Kiritildi: 20:03 29.06.2026. O'qildi: 1399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!