Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Mourinyo «Real» rahbariyatidan transfer bozoriga qaytishni so‘radi - manba

Mourinyo «Real» rahbariyatidan transfer bozoriga qaytishni so‘radi - manba

«Real» yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar yana bir yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda El Chiringuito dasturi boshlovchisi Xosep Pedrerol ma’lum qildi.

«Mourinyo klub rahbariyatiga transfer bozoriga chiqishni taklif qildi. Shu sababli “Madrid” yana bir transferni amalga oshirishi mumkin», — dedi Pedrerol.

Hozircha ehtimoliy xarid uchun aniq nom ma’lum qilinmagan. Shuningdek, biror futbolchi yoki klub bilan rasmiy muzokaralar boshlangani haqida ham ma’lumot yo‘q. Gap hozircha Mourinyuning tarkibni yanada kuchaytirish istagi haqida ketmoqda.

«Real» shu yozning o‘zida Yan Diomande, Mark Kukurelya, Karlos Espi va Denzel Dyumfris transferlariga taxminan 225 mln yevro sarfladi. Bernardu Silva va Ibraima Konate esa erkin agent sifatida jamoaga qo‘shildi.

Shunga qaramay, portugaliyalik murabbiy markaziy chiziqda yana bir universal futbolchi bo‘lishini istayapti. Yangi xarid amalga oshishiga amaldagi tarkibdagi ayrim futbolchilarning ketishi ham ta’sir qilishi mumkin. Mourinyu mavsumni nisbatan ixcham tarkib bilan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 16:42 17.08.2026. O'qildi: 972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!