Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mourinyo: «Hakamda «Real»ning qaysi o‘yinchilari sariq kartochka olmasligi haqida ro‘yxat bor edi. Biz bu tizim qanday ishlashini yaxshi bilamiz»

Mourinyo: «Hakamda «Real»ning qaysi o‘yinchilari sariq kartochka olmasligi haqida ro‘yxat bor edi. Biz bu tizim qanday ishlashini yaxshi bilamiz»

«Benfika» ustozi Joze Mourinyo Chempionlar ligasi doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi kechgan o‘yinda nima sababdan maydondan chetlatilganiga javob berdi.

Portugaliyalik murabbiy bahs yakunida ketma-ket ikkita sariq kartochka oldi. Diskvalifikasiya sababli mutaxassis «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvida jamoasi bilan birga bo‘la olmaydi.

«Meni mutlaqo aniq bo‘lgan gapni aytganim uchun chetlatishdi. Hakamning qo‘lida bir varaq qog‘oz bor edi, unga shunday deb yozilgandi: «Tchuameni, Karreras va Xyoysen sariq kartochka olmasligi kerak». U javob o‘yinini o‘tkazib yubormasliklari uchun bu o‘yinchilarni ataylab jazolamadi. Men faqat shuni aytdim. Bu tizim qanday ishlashini yaxshi bilamiz», — deya Mourinyoning so‘zlarini «El Partidazo de COPE» nashri keltirmoqda.

«Qaymoqranglilar» Vinisius Juniorning goli evaziga kichik hisobda g‘alaba qozonishdi.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!