Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Mourinio 42,5 ming yevroga jarimaga tortilib, 4 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Mourinio 42,5 ming yevroga jarimaga tortilib, 4 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

«Fenerbaxche» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio «Galatasaroy»ga qarshi o‘yindan (0:0) keyin jarimaga tortilib, diskvalifikasiya qilindi.

Turkiya futbol federasiyasi «Fenerbaxche» ustozini «nosportcha xatti-harakatlari» uchun jazoladi.

Portugaliyalik murabbiy 42,5 ming yevroga jarimaga tortildi. Shuningdek, Mourinio jami 4ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. Ikkita o‘yin – rasizm uchun, yana ikki o‘yin – sloveniyalik hakam Slavko Vinchich sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatilgani uchun ekani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Mourinio «Galatasaroy»ga qarshi o‘yindan keyin jamoa murabbiylari va zaxira o‘rindig‘i «maymundek sakragani» haqida gapirgandi.

Kiritildi: 15:25 28.02.2025. O'qildi: 1213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!