Moskva shimolida qurilayotgan binoda sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lganlar soni besh kishiga yetdi.
Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
"O‘t o‘chiruvchilar hozirgacha qutqaruv uskunalari yordamida 31 kishini qutqardilar. To‘qqiz kishi tibbiyot xodimlari tomonidan tekshirilmoqda. Afsuski, besh kishi halok bo‘ldi", deyiladi bayonotda.
Yong‘inni o‘chirishga 200 dan ortiq odam va 65 ta texnika jalb qilingan.