Moskva va Sankt-Peterburg o‘rtasidagi havo qatnovi falaj.
Bu haqda Rossiya turoperatorlari uyushmasi ma’lum qildi.
"Sankt-Peterburg va Moskva o‘rtasidagi havo qatnovi butunlay falajlangan. Tushdan keyin uchishi kerak bo‘lgan 52 ta reysdan 30 tasi bekor qilingan va 9 tasi kechiktirilgan. Milliy aviakompaniya yo‘lovchilarni Moskvadan Sankt-Peterburgga keng fyuzelyajli samolyotlarda olib borishga va’da berdi", — deyiladi tashkilot saytida.
Qayd etilishicha, 5 iyuldagi reysning kechikishi va bekor qilinishi kamida 75 ming yo‘lovchining rejalariga ta’sir qilgan.