2025 yil 1 sentyabrdan boshlab Rossiyaga vizasiz tartibda kirib kelish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy davlat fuqarolarini ro‘yxatga olish mobil ilova orqali amalga oshiriladi.
Unda migrantlar o‘z biometrik ma’lumotlari hamda haqiqiy yashash manzilini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Turar joy o‘zgarganda IIBni 3 ish kuni ichida (mobil ilova orqali) xabardor qilish kerak bo‘ladi.
IIB turar joyi haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida olmasa, xorijliklar "Nazorat ostidagi shaxslar reestri"ga kiritiladi va Rossiyadan chiqarib yuborilishi mumkin.