Rossiya AQSh va Ukraina o‘rtasida Jiddada o‘tkazilgan muzokaralar natijalari bo‘yicha berilgan bayonotlarni diqqat bilan o‘rganmoqda — Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
Dmitriy Peskovning boshqa bayonotlari:
◾️ Kreml Rubio va Uolsdan Ukraina bilan kechagi muzokaralar tafsilotlari bo‘yicha Rossiyani xabardor qilishlarini kutmoqda;
◾️ Putin va Trampning o‘zaro muzokaralari sanasi va joyi bo‘yicha hozircha aniqlik yo‘q;
◾️ AQSh tomonidan Putin va Tramp o‘rtasida muloqot o‘tkazish bo‘yicha so‘rov kelib tushmagan;
◾️ Moskva va Vashington o‘rtasida hamkorlik qilish imkoniyatlari, jumladan, nodir metalllardan foydalanish masalasida ham mavjud, lekin hozircha bu borada muzokaralar olib borilmayapti.