Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Morgenshtern «Mercedes»ini buxorolik yigitga topshirdi

A A A
Morgenshtern «Mercedes»ini buxorolik yigitga topshirdi

Rossiyalik reper Alisher Morgenshtern Buxoroga kelib, o‘zining «Mercedes-Benz E 200» avtomashinasini buxorolik Azim Abdullayevga topshirdi. 

Azim Abdullayev "Instagram"da Morgenshtern o‘tkazgan va sovrin sifatida ushbu avtomobil va’da qilingan tanlov g‘olibi bo‘lgandi.

Buxoro shahridagi restoranlardan birida o‘tkazilgan uchrashuvda yigitning otasi reperga to‘n kiydirdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Morgenshtern «Mercedes-Benz E 200»ni O‘zbekistonga olib kirish uchun jami 340 mln so‘m bojxona to‘lovlarini to‘lagan.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik yulduz O‘zbekistonga avtomobil olib kirishdagi boj miqdoridan hayratda qolgan, bu esa avtosanoat monopoliyasi mavzusi ijtimoiy tarmoqlarda yana ko‘tarilishiga sabab bo‘lgandi.

Kiritildi: 18:11 11.12.2020. O'qildi: 5045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik