Luka Modrichning Madridning «Real» klubiga qaytishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar tobora avj olmoqda. 40 yoshli yarim himoyachi, katta ehtimol bilan, «Milan»ni tark etadi va Jahon chempionatidan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.
Diario AS xabariga ko‘ra, «Real»da xorvatiyalik futbolchi klubga qaytgan taqdirda sport direktori, maslahatchi yoki menejer lavozimlarida muvaffaqiyat qozonishi mumkin deb hisoblashadi.
Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich 2012 yildan 2025 yilgacha «qirollik klubi» safida to‘p surgan. Xavbek bilan xayrlashuv chog‘ida «Real» prezidenti Florentino Peres uni faoliyatini yakunlaganidan keyin istalgan vaqtda klubda ko‘rishdan mamnun bo‘lishini bildirgan edi.