Bugun 29 may, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya Armanistondan sabzavot va qulupnay olib kirishni taqiqladi

Rossiya Armanistondan sabzavot va qulupnay olib kirishni taqiqladi

Avvalroq Rossiya TIV Armaniston YEIga a’zo bo‘lgan taqdirda, mamlakatga gaz yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilgan edi

“Rosselxoznadzor” 30 maydan boshlab Armanistondan Rossiyaga pomidor, bodring, qalampir, ko‘kat va qulupnay olib kirishga “vaqtincha cheklovlar” joriy etdi. Idora buni Rossiyaga Armaniston mahsulotlarini yetkazib berishda "qoidabuzarlik holatlari tez-tez kuzatilayotgani" va fitosanitariya xavfsizligiga tahdid borligi bilan izohladi.

Avvalroq Rossiya hukumati Armanistondan gullar, “Jermuk” mineral suvi, shuningdek, uchta yirik ishlab chiqaruvchining konyak va vinolarini olib kirishni taqiqlagan edi.

Bundan tashqari, 27 may kuni Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan Yerevan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan taqdirda gaz, neft mahsulotlari va olmos yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni bekor qilish imkoniyati to‘g‘risida bildirishnoma olgandi.

7 iyun kuni Armanistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Hozirda kuzatuvchilar e’tiborida rossiyaparast nomzodlarning ovoz berishga qo‘yilishi yoki avvalroq Moldovada sodir bo‘lgani kabi saylovlardan chetlatilishi masalasi turibdi.

Kiritildi: Bugun 11:41. O'qildi: 731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!