Hujumlar Turkiyaning shimoliy sohili yaqinida sodir bo‘lgan, deb xabar bermoqda Reuters agentligi Tribeca kemachilik kompaniyasiga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Palau bayrog‘i ostida suzayotgan James II tankeriga Turkeli tumanidan taxminan 80 kilometr shimolda dronlar hujum qilgan.
Serra-Leone bayrog‘i ostidagi Altura va Velora tankerlari esa qo‘shni hududda, neft qayta yuklanayotgan vaqtda zarbaga uchragan. Tankerlarning ekipaji a’zolaridan hech kim jabrlanmagan.
Ta’kidlanishicha, ushbu uchala kema ham Rossiyaning “soya floti” tarkibiga kiradi va sanksiyalar ostida hisoblanadi.
So‘nggi oylarda Ukraina dronlarining Rossiya “soya floti” tankerlariga bergan zarbalari haqida bir necha bor xabar berilgan edi. Hozircha na Rossiya va na Ukraina ushbu yangi hujumlar yuzasidan izoh berdi.