Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Modrich: "Men 13 yilni dunyoning eng yirik klubida o‘tkazdim, endi esa..."

Modrich: "Men 13 yilni dunyoning eng yirik klubida o‘tkazdim, endi esa..."

Yarim himoyachi Luka Modrich yaqinda erkin agent maqomida "Milan"ga ko‘chib o‘tdi. Xorvatiyalik futbolchi o‘z vaqtida "rossonerilar" Yevropa futbolida gegemonlik qilganini eslatib o‘tdi.

"Men 13 yilni dunyoning eng yirik klubida o‘tkazdim, endi esa avval "Real" darajasida bo‘lgan klubga o‘tdim. "Milan" o‘sha darajaga qaytishga intilishi kerak. Bu yil qo‘limdan kelganini qilishim va bundan zavq olishim kerak," - deya Modrichning so‘zlarini keltiradi 24 Sata.

Luka Modrich "Real"dagi 13 mavsumida 597 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol urgan va 95 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 23:52 04.08.2025. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!