Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorining to‘rtinchi partiyasi olib kelindi

Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorining to‘rtinchi partiyasi olib kelindi

Misr hukumati tomonidan O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan «Sofosbuvir-400mg» dori vositasining joriy yildagi to‘rtinchi partiyasi Toshkentga etkazildi.

Qayd etilishicha, mazkur partiya Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan Sharm-al-Shayxdan Toshkentga olib kelingan.

Misr hukumati yordamining joriy yildagi to‘rtinchi partiyasi umumiy 32 dona qutidan iborat bo‘lib, ular 7680 dona «Sofosbuvir-400mg» dori vositalarini o‘z ichiga oladi.

O‘zbekistonda gepatit S ni 2030 yilga qadar bartaraf etish bo‘yicha milliy dastur ijrosi doirasida dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Misr hukumati tomonidan 2023-2024 yillar davomida ushbu virusga qarshi vazni 12,4 tonna bo‘lgan «Daklatasvir» va «Sofosbuvir» dori vositalarining 27 ta partiyasi mamlakatga yetkazib berilgan. Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 1,4 million AQSh dollariga teng.

Kiritildi: 19:48 22.06.2025. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!