Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Misrda ikki isroillik sayyoh 5 yilga qamaldi

Misrda ikki isroillik sayyoh 5 yilga qamaldi

Misrda ikki isroillik sayyoh Taba shahridagi mehmonxona xodimlariga hujum qilgani uchun besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Bu haqda Youm7 yozadi.

Hodisa 2024 yil avgust oyining oxirida sodir bo‘lgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil fuqarolari buyurtma qilingan spirtli ichimliklar uchun pul to‘lashdan bosh tortgan va mehmonxona xodimlariga hujum qilgan. Xodimlar jarohat olgan.

Sayyohlar huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Natijada ular zo‘ravonlik ishlatish, odamlarni qo‘rqitish va mehmonxonaga zarar yetkazishda aybdor deb topildi.

Kiritildi: 16:25 04.05.2025. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!