Prezident, shuningdek, Saudiya Arabistoniga harbiy yordam ko‘rsatish, jumladan, u erga qo‘shin yuborish masalasini muhokama qilish uchun parlamentning navbatdan tashqari majlisini chaqirdi.
Deputat Mustafo Bakriyning aytishicha, parlament a’zolari orasida so‘zga chiqish istagini bildirganlar soni juda ko‘p bo‘lgani sababli muhokamalar uch kun davomida o‘tkaziladi. Biroq prezident Saudiya Arabistoniga yordam berish uchun qo‘shin yuborishni zarur deb hisoblayotganiga ishora qilgan bo‘lsa, parlamentning bu qarorga jiddiy qarshilik ko‘rsatishi ehtimoli kam.
Hozircha Saudiya Arabistonidagi Misr harbiy kontingenti qanday vazifalarni bajarishi aniq emas. Ehtimol, ular faqat chegara xavfsizligini kuchaytirishga jalb etilishi mumkin.
Misrning Yamanda harbiy aralashuv bo‘yicha salbiy tajribasi bor. 1960-yillardagi fuqarolar urushi davrida prezident Jamol Abdul Nosir Yamanga qo‘shin yuborgan. Harbiy kontingent soni muntazam oshib borib, yakunda 130 ming nafar askarga etgan.
Misr qo‘shinlarining yo‘qotishlari 26 mingdan 40 ming nafargacha halok bo‘lgan harbiy sifatida baholangan.