Misr FIFAga 2034 yilgi Jahon chempionati o‘yinlarining bir qismini o‘tkazish istagini bildirdi.
Misr futbol federasiyasi prezidenti Hani Abu Rida Afrika futbol konfederasiyasi Bosh assambleyasida so‘zga chiqib, FIFA prezidenti Janni Infantinoga 2034 yilgi Jahon chempionati guruhlaridan birining o‘yinlarini Misrda o‘tkazish iltimosi bilan murojaat qilganini ma’lum qildi.
Mamlakatda Jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazishni Misr terma jamoasining turnirdagi debyutining 100 yilligiga bag‘ishlash taklif etilmoqda - 1934 yilda misrliklar Jahon chempionatida o‘ynagan birinchi Afrika terma jamoasi bo‘lgan edi.
- Umid qilamanki, 2034 yilda yuz yillik munosabati bilan biz, misrliklar va afrikaliklar sifatida 2034 yilgi Jahon chempionati guruh bahslari o‘yinlarining birini qabul qilish va tashkil etish sharafiga muyassar bo‘lamiz.
Saudiya Arabistoni tarixiy Jahon chempionatini o‘tkazishga to‘liq qodir," - dedi Hani Abu Rida.
Eslatib o‘tamiz, 2034 yilgi Jahon chempionati Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.