Kuni kecha, soat 03:40 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Niyozbek yo‘li 6-tor ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi lift qulflanib qolganligi, uni ichida fuqarolar qolib ketganligi to‘g‘risida 112 tizimi orqali FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, zudlik bilan aytilgan manzilga tuman FVB qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida liftni ochib, fuqarolar sog‘-salomat qutqarilgan.