Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

“Miraki” xalqaro turizm markaziga aylandi

“Miraki” xalqaro turizm markaziga aylandi

Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz tumani Hisor tog‘i yon bag‘ridagi Miraki hududining turistik salohiyati bilan tanishdi.

Bu yerda Oqsuv daryosining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab piyoda va velosipedda yurish uchun o‘n kilometrlik “eko yo‘lak” tashkil etilgan.

Bolalar maydonchasi, ko‘ngilochar bog‘, nuroniylar maskani, oilaviy mehmon uylari hamda ko‘chma savdo shoxobchalari mahalla ko‘rkini oshirgan.

“Miraki spa and resort” dam olish maskanida ikkita mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar majmua barpo qilingan.

Miraki, Amir Temur, Uloch va Polmon mahallalarida sayyohlar uchun qulayliklar yaratilmoqda. Umumiy 240 gektar maydonda 400 million dollarlik 117 ta loyiha amalga oshirilayotir, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:45 19.06.2025. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!