Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Milliy jamoamiz yetakchisi BAA grandi «Al-Vahda»ga o‘tishi mumkin

Milliy jamoamiz yetakchisi BAA grandi «Al-Vahda»ga o‘tishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasining tajribali va ishonchli yarim himoyachilaridan biri Otabek Shukurov o‘zining klub karyerasini yangi bosqichga olib chiqish arafasida turibdi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi BAA chempionatida yetakchilardan biri hisoblangan «Al-Vahda» klubi bilan muzokaralarni yakuniy bosqichga yetkazmoqda.

Otabek Shukurov oxirgi mavsumda Saudiya Arabistonining «Al-Fayha» klubi sharafini himoya qilgan edi. Biroq yozda uning shartnomasi o‘z kuchini yo‘qotdi va futbolchi erkin agent maqomiga ega bo‘ldi. Shu vaqtdan beri uning nomi turli klublar bilan bog‘lanib kelmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, BAAning nufuzli jamoalaridan biri bo‘lgan «Al-Vahda» chempionat jadvalida 11 ochko bilan peshqadamlikni qo‘ldan bermayapti. Bu jamoa Osiyo futbolida ham o‘z so‘zini ayta oladigan klub sifatida tanilgan va katta ambisiyalarga ega.

Avvalroq xabar qilinganidek, Shukurovga Eronning mashhur klublari — «Persepolis» va «Istiqlol»dan ham takliflar tushgandi. Biroq futbolchi ularning taklifini rad etib, o‘zining kelgusi yo‘lini BAA chempionati bilan bog‘lashni ma’qul ko‘rdi.

O‘zbekiston terma jamoasi safida ko‘plab muhim o‘yinlarda maydonga tushgan Otabek Shukurov tajribasi va maydondagi harakatlari bilan har qanday jamoaga katta foyda keltirishi shubhasiz. Endi esa uning «Al-Vahda» safida qanday o‘ynashini butun futbol jamoatchiligi katta qiziqish bilan kutmoqda.

Kiritildi: 19:22 26.09.2025. O'qildi: 1802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!