Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

“Milliy brendlar orqali global bozorga: Sirdaryoda tadbirkorlarning huquqlari va biznes imkoniyatlari” hozirgi kunda qanday?

“Milliy brendlar orqali global bozorga: Sirdaryoda tadbirkorlarning huquqlari va biznes imkoniyatlari”  hozirgi kunda qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida, Biznes-ombudsman devoni bugun Sirdaryo viloyatida ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari uchun “Milliy brendlar orqali global bozorga: Sirdaryoda tadbirkorlarning huquqlari va biznes imkoniyatlari” mavzusida press-tur tashkil qildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlarning amaldagi natijasini Sirdaryo viloyati misolida ko‘rish, Biznes-ombudsmanning tadbirkorlik sub’ektlarini himoya qilishdagi rolini yoritish, OAV vakillari bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda ularning bu boradagi savodxonligini oshirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, tadbir doirasida seminar ham o‘tkazilib, unda jurnalistlarning tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi bilimlari kengaytirildi.

Biznes-ombudsman qanday tashkilot?
Mamlakatimizda ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaxshilash hamda uni himoya qilish Prezident tomonidan davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu sababli, 2017 yilda Prezident tashabbusi bilan respublikada tadbirkorlarning huquqlarini samarali himoya qilish maqsadida Biznes-ombudsman instituti ta’sis etilgan. Mazkur institut faoliyati 2017 yilda qabul qilingan maxsus qonun va bir qator boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solingan. Biznes-ombudsmanning faoliyati qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi uning yuqori maqomi va xalqaro standartlarga mos ravishda faoliyat yuritishidan dalolat beradi.
Biznes-ombudsman tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishni taqdimnoma, xulosa va ogohnomalar kiritish, mansabdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish kabi ta’sir choralarni qo‘llash orqali amalga oshiradi. Ushbu vakolatlar nafaqat mahalliy tadbirkorlar, balki O‘zbekistondagi xorijiy investorlar masalalarini hal etish uchun ham xizmat qiladi. Biznes-ombudsman instituti sud tartibida ham tadbirkorlarning muammolarini hal etadi, xususan, tadbirkorlar manfaatida sudlarga davlat boji to‘lamasdan ariza va da’vo arizalari kiritish vakolatiga ham ega.
Biznes-ombudsman devoni tadbirkorlarni maksimal darajada qamrab olish uchun raqamlashtirishga alohida urg‘u bergan. Faoliyatni samarali tashkil etish uchun “Yagona davlat nazorati” hamda “Tadbirkor virtual ofisi” axborot tizimlari mavjud. Ushbu tizimlar orqali tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlarning qonuniyligi masofadan turib monitoring qilinadi hamda ularning murojaatlari bo‘yicha tezkor huquqiy yordam ko‘rsatiladi.
Raqamlarga yuzlanamiz:
Biznes-ombudsman institutining butun faoliyati davomida (8 yilda) tadbirkorlarning qariyb 50 mingta murojaatlari ko‘rib chiqilgan. Aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha davlat organlariga nisbatan 14 mingdan ortiq huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilgan. Jumladan, sudlarga 800 dan ortiq da’vo arizalari, mingdan ortiq taqdimnomalar, 500 ga yaqin ogohnomalar, 11 mingdan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilgan. Ushbu choralar natijasida 1 300 dan ortiq mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Shu bilan birga, davlat organlarining 1 300 dan ortiq qaror va hujjatlari bekor qilingan, 10 mingdan ortiq mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, tadbirkorlarga noqonuniy olib qo‘yilgan 12,6 ming gektardan ortiq yer maydonlari qaytarilgan.
Biznes-ombudsman instituti tizimli muammolarni hal etish bo‘yicha ham takliflar ishlab chiqadi. Ushbu takliflar tadbirkorlik faoliyatidagi ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan norma va talablarni bekor qilishga qaratilgan. Bu yo‘nalishdagi ishlar Prezidentning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqoti o‘tkazish arafasida faol amalga oshiriladi.

Press-tur davomida Sirdaryodagi korxonalar faoliyatiga nazar
Ilk manzil – “WANG DA GROUP” QK, Prezidentning tadbirkorlar bilan ilk ochiq muloqotida muammosi hal bo‘lgan tashkilot.

Kiritildi: 19:31 13.06.2025. O'qildi: 532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!