Millatlar ligasi yarim final bosqichining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.
Birinchi juftlikda Germaniya terma jamoasi 4 iyun kuni Portugaliya bilan o‘ynaydi, ikkinchi juftlikda Ispaniya 5 iyun kuni Fransiya bilan to‘qnash keladi.
"To‘rtlar finali" o‘yinlari Germaniyaning Myunxen va Shtutgart shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Final va uchinchi o‘rin uchun bahs 8 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.