Fransiya terma jamoasi Millatlar Ligasi pley-off chorak finalining javob o‘yinida Xorvatiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi - 2:0 (5:4 - penalti).
Asosiy vaqtda fransuzlardan Maykl Olise va Usmon Dembele o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Penaltilar seriyasida Fransiya terma jamoasi aniqroq bo‘ldi - 5:4.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, Fransiya Xorvatiyani mag‘lub etdi (0:2 va 3:2) va Millatlar Ligasi pley-offining yarim finaliga chiqdi va u yerda Ispaniya bilan to‘qnash keladi.