Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Millatlar ligasi. Angliya Ispaniya maydonida 1 kishi kam bo‘lib qolgan holda g‘alabani saqlab qola oldi

Millatlar ligasi. Angliya Ispaniya maydonida 1 kishi kam bo‘lib qolgan holda g‘alabani saqlab qola oldi

UYEFA Millatlar ligasi A divizioni 3-guruhining so‘nggi turida Angliya terma jamoasi safarda Ispaniyani 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va guruhda birinchi o‘rinni egalladi.

Madriddagi "Sivitas Metropolitano" stadionida o‘tkazilgan uchrashuvning birinchi bo‘limi Angliyaning minimal ustunligi bilan yakunlandi. 45-daqiqada mehmonlar sardori Garri Keyn hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida angliyaliklar yana ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. 53-daqiqada Deklan Raysning uzatmasidan so‘ng Ezri Konsa hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Jud Bellingemning uzatmasidan foydalangan Ben Uayt mehmonlarning uchinchi golini urdi.

63-daqiqada Angliya yarim himoyachisi Elliot Anderson qo‘pol qoidabuzarlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi va maydondan chetlatildi.

Shundan ikki daqiqa o‘tib, Mikel Oyarsabal Ispaniyaning birinchi golini urdi. 75-daqiqada esa Lamin Yamalning uzatmasidan so‘ng Niko Uilyams hisobni 2:3 ko‘rinishiga keltirdi.

Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va Angliya g‘alaba qozondi.

Mazkur natijadan keyin Angliya va Ispaniya terma jamoalari guruh bosqichini 15 tadan ochko bilan yakunladi. To‘plar farqi bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lgan angliyaliklar birinchi, ispaniyaliklar esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

UYEFA Millatlar ligasi. A divizioni, 3-guruh, 6-tur.

16 noyabr, 00:45 (O‘zbekiston vaqti).

Stadion: Madrid, "Sivitas Metropolitano".

Ispaniya — Angliya — 2:3

Gollar: Keyn (45, 0:1), Konsa (53, 0:2), Uayt (57, 0:3), Oyarsabal (65, 1:3), Uilyams (75, 2:3).

Qizil kartochka: Anderson (63, Angliya).

Bosh hakam: Kleman Tyurpen (Fransiya).

Kiritildi: Bugun 03:18. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik