Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Migrasiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonlik yuk tashuvchilarni ogohlantirdi

Migrasiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonlik yuk tashuvchilarni ogohlantirdi

2025 yil holatiga ko‘ra, Rossiyadagi xalqaro yuk tashishlarning 25 foizi o‘zbekistonlik haydovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Biroq, migrasiya qoidalariga rioya qilmaslik ko‘plab fuqarolarning Rossiya IIV tomonidan «kirishi taqiqlangan shaxslar» ro‘yxatiga kiritilishiga sabab bo‘lmoqda. (https://t.me/uzmigration/734)

Haydovchilar quyidagi talablarga qat’iy rioya etishlari zarur:

🔵 Chegarada migrasion kartani to‘g‘ri to‘ldirish (maqsad: slujebnaya yoki tranzit);
🔵 15 ish kuni ichida migrasiya ro‘yxatiga qo‘yilish;
🔵 90/365 qoidasiga amal qilish;
🔵 Fors-major holatlarda rasmiy dalolatnoma rasmiylashtirish;
🔵 Har bir harakat rasmiy hujjat bilan asoslangan bo‘lishi shart;
🔵 Takroriy qoidbuzarliklar 3–10 yilgacha kirish taqiqini keltirib chiqaradi.

📌Agar xato sodir etilgan bo‘lsa, GUVM MVD RFga yozma murojaat yo‘llab, safar maqsadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etish lozim. Agar «kirishi taqiqlangan shaxslar» ro‘yxatiga tushgan bo‘lsangiz, apellyasiya orqali ushbu ro‘yxatdan chiqarishni so‘rash mumkin.

Muammoli holatlarda Migrasiya agentligining Rossiya Federasiyasidagi Vakolatxonasiga murojaat qiling.

📞 +7 925 045 4744
📍 Manzil: Moskva sh., 1-y Kazachiy pereulok, 11/2

Kiritildi: 15:02 20.10.2025. O'qildi: 926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!