Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

MIB yordamida 6 yoshli qizaloq onasi bag‘riga qaytarildi

MIB yordamida 6 yoshli qizaloq onasi bag‘riga qaytarildi

Har bir bola uchun eng aziz maskan – bu ona bag‘ridir. Ana shunday bir taqdirli masalada adolat ustuvor bo‘lib, voyaga yetmagan bola o‘z onasini tarbiyasiga qaytarildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 04.03.2026 yildagi ijro varaqasiga asosan 6 yoshli bola javobgar X.O. dan onasi X.O. qaramog‘iga olib berish belgilangan edi.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Andijon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida bola ona bag‘riga qaytarib berilishi ta’minlandi.

Bu nafaqat bir ijro harakati, balki bolaning baxtli bolaligiga qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. Ona mehri va g‘amxo‘rligida o‘sish imkoniyatiga ega bo‘lgan bola uchun yangi hayot boshlandi.

Qizaloqning onasi bilan uchrashuvi hissiyotlarga boy lahzalarga aylanib, yig‘ilganlar qalbida iliq taassurot qoldirdi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa voyaga yetmaganlar manfaatini himoya qilish doimo ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

Kiritildi: Bugun 08:53. O'qildi: 189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!