Bu haqda RIA Novosti mamlakat Oliy antikorrupsiya sudiga tayanib xabar berdi.
Ermak Kiyev yaqinida hashamatli uy-joylar qurilishi vaqtida 460 mln grivna ($10,4 mln) miqdoridagi mablag‘ni yuvishda ishtirok etganlikda gumonlanmoqda.
U 2025 yil noyabr oyida tintuvlar va “Energoatom” bilan bog‘liq korrupsiya mojarosidan so‘ng prezident devoni rahbari lavozimidan ozod etilgan.
Ukraina prezidenti ofisining sobiq rahbari Andrey Yermakka Kiyevdan chiqmaslik, chet el pasportlarini topshirish va ushbu ish bo‘yicha o‘tayotgan shaxslar, jumladan, Timur Mindich, sobiq vise-premyer Aleksey Chernishov hamda folbin Veronika Anikeeva bilan muloqot qilmaslik majburiyati yuklandi.