Xalqaro jinoiy sud (XJS) Isroilning bir nechta yuqori lavozimli amaldorlarini hibsga olish uchun yashirin orderlar chiqardi.
Bu haqda Haaretz nashri diplomatik manbaga tayanib xabar bermoqda.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, orderlar cheklovlari ostiga ikki nafar isroillik siyosatchi va harbiy rahbariyatning ikki vakili tushgan bo‘lishi mumkin. Ularning ism-shariflari rasman oshkor qilinmayapti, sud qarorlarining ehtimoliy ijro etilish muddatlari ham noma’lum.
Nashrning qayd etishicha, bundan avval Xalqaro jinoiy sud prokuraturasi Isroil Moliya vaziri Besalel Smotrich va Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish imkoniyatlarini o‘rganib chiqqan edi. Sud reglamentiga ko‘ra, order berilgani haqida gumonlanuvchilarni oldindan ogohlantirish talab etilmaydi.
Gazeta manbalarining xabar qilishicha, yopiq format gumonlanuvchilarni qo‘lga olish ehtimolini oshiradi. Chunki ochiq qarorlar ularga XJS bilan hamkorlik qiluvchi davlatlarga safar qilishdan oldindan voz kechish imkonini beradi, deyiladi xabarda.