Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 2009 yilda Eronga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlar boshlansa, mamlakat tezda tizim sifatida “qulash”i mumkinligini aytgan. Bu haqda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Pentagonning sobiq rahbari Robert Geyts ma’lum qildi.
Geytsning so‘zlariga ko‘ra, u bu fikrni Netanyaxu bilan 2009 yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan suhbatda eshitgan va o‘shandayoq bu bahoga qo‘shilmagan.
“Men unga u mutlaqo xato qilayotganini va eronliklarning chidamliligini past baholashini aytgan edim”, — dedi Geyts.
Sobiq amaldor Netanyaxuning fikrlari Isroilning avvalgi harbiy operasiyalari tajribasiga tayanganini ham ta’kidladi. U 1981 yilda Iroqdagi yadroviy reaktorga qilingan hujum va keyinchalik Suriyadagi “Deyr-ez-Zor” ob’ektiga zarba misol qilib keltirilganini aytdi. Ushbu operasiyalarda dushman tomonidan katta javob qaytarilmagani Isroil rahbariyatining baholariga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.