Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Ukrainadagi mojarodan keyin Yevropani Moskva bilan munosabatlarda og‘ir davr kutmoqda

Ukrainadagi mojarodan keyin Yevropani Moskva bilan munosabatlarda og‘ir davr kutmoqda

Ukrainadagi mojaro yakunlanganidan so‘ng, Yevropani Moskva bilan munosabatlarda og‘ir davr kutmoqda. Bu haqda «The Foreign Policy» jurnali yozmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, «Rossiya qudrati» fonida harbiy salohiyat hamda tiyib turish imkoniyatlarining yetarli emasligi Yevropa davlatlarining zaif nuqtasi bo‘lib qolmoqda. Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga mavjud muammolarni bartaraf etish uchun yillar kerak bo‘ladi.

Materialda, shuningdek, Rossiya mojaro davomida o‘z kuchlarini oshirgani va sezilarli darajada jangovar tajriba to‘plagani qayd etilgan.

Shu bilan birga, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin mamlakatning Yevropa Ittifoqiga nisbatan hech qanday agressiv rejalari yo‘qligini bir necha bor ta’kidlab o‘tgan.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!