Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Jahon biznesi allaqachon 25 milliard dollarga tushdi

Jahon biznesi allaqachon 25 milliard dollarga tushdi

AQSh va Isroilning Eron bilan nizosi jahon biznesiga allaqachon 25 milliard dollarga tushdi va zarar miqdori o‘sishda davom etmoqda.

Bu haqda Reuters agentligi AQSH, Yevropa va Osiyo birjalarida taqdim etilgan kompaniyalarning korporativ ma’lumotlari tahlili natijalariga tayanib xabar bermoqda.

Kamida 279 ta kompaniya Eron nizosini favqulodda choralar ko‘rish, jumladan, narxlarni oshirish va ishlab chiqarishni qisqartirishga sabab qilib ko‘rsatgan. Boshqalari esa dividendlar to‘lashni yoki aksiyalarni qaytarib sotib olishni to‘xtatib qo‘ygan, xodimlarni ish haqi saqlanmaydigan ta’tilga jo‘natgan, yoqilg‘i uchun ustamalar joriy etgan yoki davlat yordami so‘rab murojaat qilgan, deyiladi agentlik xabarida.

Kiritildi: Bugun 15:17. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!