Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina urushi yangi xavfni ochib berdi: «Hizbulloh» Isroilga qarshi optik tolali FPV dronlar bilan hujum qilmoqda

Ukraina urushi yangi xavfni ochib berdi: «Hizbulloh» Isroilga qarshi optik tolali FPV dronlar bilan hujum qilmoqda

Livandagi «Hizbulloh» guruhi Isroilga qarshi hujumlarda yangi avlod FPV dronlaridan faol foydalanmoqda. Optik tolali kabel orqali boshqariladigan bu dronlar zamonaviy havo mudofaa tizimlarini ham chetlab o‘tishga qodir ekani aytilmoqda.

VVS Verify xizmati 26 martdan buyon e’lon qilingan 35 ta hujum videosini tahlil qildi. Kadrlarda Livan janubi va Isroil shimolidagi harbiy texnika, havo mudofaa tizimlari hamda askarlarga berilgan zarbalar aks etgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, kichik va arzon FPV dronlarini aniqlash juda qiyin. Ular oddiy 3D-printer detallaridan yig‘ilishi mumkin, ammo qimmatbaho harbiy nishonlarni yo‘q qilishga qodir.

Ekspertlar buni Ukraina urushida shakllangan yangi harbiy taktikaning Yaqin Sharqqa ko‘chishi sifatida baholamoqda. Arzon dronlar endi milliardlab dollarlik mudofaa tizimlari uchun jiddiy tahdidga aylanmoqda.

Isroil tomoni dron xavfini tan oldi va armiya yangi himoya tizimlari hamda askarlar tayyorgarligi uchun katta resurs ajratayotganini bildirdi.

Isroil OAV ma’lumotlariga ko‘ra, FPV dronlari hujumlari oqibatida to‘rt harbiy va bir fuqaro halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar yaralangan.

Kiritildi: 21:23 18.05.2026. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!