Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi hamda poytaxt IIBB YHXB organlari hamkorlikda ma’muriy jarimalarni undirish yuzasidan reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, tadbirlar davomida ma’muriy jarimalarni belgilangan muddatda to‘lamagan fuqarolar zamonaviy texnologiyalar yordamida aniqlanib, tadbir boshidan 424.651 ta ma’muriy jarimalardan 150 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorliklar undirilgan hamda jarimani to‘lashdan bosh tortgan qarzdorlarga tegishli bo‘lgan 1.753 ta avtotransport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Misol uchun, tadbir davomida, "Cobalt" avtotransport vositasi to‘xtatilganda, to‘lanmagan 18 ta ma’muriy jarimasi borligi hamda mazkur avtoulov qidiruvda bo‘lganligi aniqlangan va haydovchi ma’muriy jarimalarni to‘lmagani bois, avtotransport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.