Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

MIB Samarqandda qarzdordan 5,7 milliard so‘m undirib berdi

MIB Samarqandda qarzdordan 5,7 milliard so‘m undirib berdi

“Milliy bank” tomonidan Samarqand shahridagi “S.T.E.” qo‘shma korxonasiga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit ajratilgan. Biroq korxona kredit shartlarini bajarmaganligi sababli 523,1 ming AQSh dollari miqdorida muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan.

Samarqand shahar iqtisodiy sudining 2022 yil 14 avgustdagi qaroriga ko‘ra, qarzdorlikni undirish garovga qo‘yilgan korxona binosiga yo‘naltirilgan. Shunga qaramasdan, korxona rahbariyati tegishli choralar ko‘rmagan.

Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi inspektorlari korxona rahbarini bir necha bor ogohlantirib, mol-mulkka taqiq qo‘ygan. Qarz to‘lanmaganligi sababli garovga qo‘yilgan bino 2 million 130 ming AQSh dollariga baholanib, onlayn auksionda sotishga chiqarilgan.

Binosi auksionga chiqqandan habar topgan korxona rahbariyati qarzni to‘lashga qaror qilgan va 5 milliard 744 million 402 ming so‘mni naqd to‘lab bergan.

Kiritildi: 15:10 23.04.2025. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!