Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining 11.03.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “G-M” MCHJdan undiruvchi AT “Xalq Banki” foydasiga jami 1.271.044,36 AQSh dollari kredit qarzdorligi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Paxtachi tuman bo‘limiga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdorlik ixtiyoriy to‘lab berilmagach qarzdor “G-M” MCHJga tegishli 3 ta “SHACMAN” rusumli yuk avtotransporti va 1 ta Avtogeyder frontal yuklagich avtotransport vositalari xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.
Endilikda 1.271.044,36 AQSh dollari qarzdorlikni to‘lamagan taqdirida, yuqoridagi mol-mulk “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” orqali sotuvga chiqariladi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.