Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Erning ichki yadrosi 15 yildan keyin to‘xtaydi — olimlar

Erning ichki yadrosi 15 yildan keyin to‘xtaydi — olimlar

Erning ichki yadrosi 15 yildan keyin to‘xtashi mumkin, Nature bu haqda olimlarning bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Er sharining markazida radiusi 1,3 ming kilometrli qaynoq yadro joylashgan. Nikel va temirdan tashkil topgan yadroni tashqi suyuq halqa qurshab turadi. O‘z navbatida, halqa 30 kilometr chuqurlikdan boshlanib 2,9 ming kilometr chuqurlikda tugovchi mantiyaga ulangan. Mutaxassislarning fikricha, sayyoramizning magnit maydoni shakllanishida yadro muhim rol o‘ynaydi.

Erning ichki yadrosi 1970-yillaridan boshlab g‘arbdan sharqqa qarab aylangan. 2009–2010 yillarda u aylanishdan butunlay to‘xtagan. Hozir yadro Yer sirti aylanishiga teskari yo‘nalishda, ya’ni g‘arbga qarab sekin aylanmoqda.

Yadro aylanishi yo‘nalishining o‘zgarishi uning magnit maydoni hosil qilishda geodinamo jarayoni (o‘tkazuvchi suyuqlikning muayyan harakatida o‘z-o‘zidan magnit maydoni ishlab chiqilishi effekti)dan o‘tishdagi roli bilan bog‘lanmoqda. 2040 yilda ichki yadro to‘xtaydi, shundan so‘ng sayyoramiz aylanayotgan yo‘nalishda yana harakatga tushadi, deyishmoqda olimlar.

Kiritildi: 12:36 18.02.2025. O'qildi: 14647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!