Milliarder va AQSh Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Kiyev Rossiya bilan mojaroda "haddan oshib ketganini" aytdi.
Bundan tashqari, amaldorning ta’kidlashicha, harbiy operasiyalarni davom ettirishni talab qilayotganlarning "miyalari ham, hamdardliklari ham yo‘q".
"Ukraina hukumati haddan oshib ketdi. Xandaqlarda cheksiz o‘liklar yotibdi, buning ortida turgan odamlarda na empatiya, na aql bor", deb yozgan Ilon Mask.
Avvalroq milliarder Vladimir Zelenskiy Ukrainada tinchlik o‘rnatilishini istamasligini tan olgandi.