Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

MIB: Paxtachi tumanida qarzdorlik sabab yer maydonlari xatlandi

MIB: Paxtachi tumanida qarzdorlik sabab yer maydonlari xatlandi

Majburiy ijro byurosi Paxtachi tuman bo‘limi ish yurituviga 2025 yil 2 aprel kuni kelib tushgan ijro hujjatiga asosan sud hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qonuniy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Mazkur ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor “Suluvqo‘rg‘on paxta dalasi” fermer xo‘jaligidan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati foydasiga 122 876 103 (bir yuz yigirma ikki million sakkiz yuz yetmish olti ming bir yuz uch) so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish belgilangan.

Qarzdorlikni majburiy tartibda undirishni ta’minlash maqsadida qarzdorga tegishli yer maydonlari qonun talablariga muvofiq xatlandi.

Xatlangan yer maydonlari belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilib, sotishdan tushgan mablag‘lar qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.

Bu kabi ijro tadbirlari qonun talablariga muvofiq ravishda izchil davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!