Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Epshteynga Ka’bapo‘sh parchalari sovg‘a qilingan

Epshteynga Ka’bapo‘sh parchalari sovg‘a qilingan

AQSh Adliya departamenti tomonidan e’lon qilingan hujjatlarga ko‘ra, voqea 2017 yili bo‘lgan. Ka’bapo‘sh parchalarini milliarderga Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat ko‘rsatuvchi ishbilarmonlar yuborgan.

“Aytgancha, ushbu qora parchaga (mato — tahr.) turli mazhablarga mansub kamida 10 millionlab sunniy, shia va boshqa musulmonlarning qo‘li teggan. Ular Ka’ba atrofida yetti marta tavof qiladi, so‘ngra har bir kishi imkon qadar uni ushlashga harakat qiladi. Ular o‘z duolari, niyatlari, ko‘z yoshlari va umidlarini shu parchaga omonat qoldirishadi. Shundan so‘ng barcha duolari ijobat bo‘lishidan umid qilishadi”, deydi Aziza al-Ahmadi ismli ayol o‘zi yuborgan sovg‘aning diniy ahamiyatini urg‘ular ekan.

Kiritildi: 13:35 03.02.2026. O'qildi: 2238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!