Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina FIFA prezidentining so‘zlariga keskin munosabat bildirdi

Ukraina FIFA prezidentining so‘zlariga keskin munosabat bildirdi

Ukraina FIFA prezidentining Rossiya klublariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish va ularni xalqaro futbolga qaytarish haqidagi taklifiga keskin munosabat bildirdi, deb xabar berdi “Strana”

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Janni Infantino Rossiya futbol jamoalarining musobaqalarga qaytishini qo‘llab-quvvatlagan. Uning fikricha, rossiyalik futbolchilarga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar “yanada ko‘proq umidsizlik va nafratni keltirib chiqargan”.

Biroq Ukraina tomoni bu fikrga qat’iyan qarshi chiqdi. Xususan, Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga FIFA prezidentining bayonotiga ijtimoiy tarmoqlarda keskin munosabat bildirdi.

"679 nafar ukrainalik qiz va o‘g‘il bola endi hech qachon futbol o‘ynay olmaydi – Rossiya ularni o‘ldirdi. Rossiya buni davom ettirmoqda. Shunday bir paytda axloqiy tanazzulga yuz tutganlar taqiqlarni bekor qilishni taklif qilmoqda. Holbuki, Rossiya urushni to‘xtatgani yo‘q", —dedi Sibiga.

Shuningdek, Ukraina futbol assosiasiyasi (UAF) ham rasmiy bayonot bilan chiqib, FIFA va Janni Infantinoni urush davom etayotgan bir vaqtda Rossiya jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlatish bo‘yicha mavjud pozisiyani o‘zgartirmaslikka chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 15:30. O'qildi: 1043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!