Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

72 soatdan keyin AQSh Rossiya bilan urushga kirishadi?!

72 soatdan keyin AQSh Rossiya bilan urushga kirishadi?!

Financial Times gazetasining xabar berishicha, Rossiyaning takroriy bosqini bo‘lgan taqdirda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari taqdim etildi

Reja bosqichlarga bo‘lingan:

Birinchi: sulh buzilganidan keyin 24 soat ichida diplomatik ogohlantirish beriladi va Ukraina armiyasi qoidabuzarlikni to‘xtatish uchun choralar ko‘radi;

Ikkinchi: agar janglar davom etsa, "tayyorlar koalisiyasi" - Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Islandiya va Turkiya ishtirokida keng ko‘lamli javob choralari boshlanadi;

Uchinchi: Agar qoidabuzarlik dastlabki hujumdan keyin 72 soat ichida bosqinchilikka aylanib ketsa, Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasida AQSh qo‘shinlari ishtirokida muvofiqlashtirilgan harbiy javob choralari ko‘riladi: Yevropaning to‘xtatuvchi kuchlari sulhdan keyin AQSh razvedkasi va logistika ko‘magi bilan havo, dengiz va quruqlikdagi operasiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ukraina, AQSh va Yevropa ushbu qo‘llab-quvvatlash rejasi bo‘yicha allaqachon kelishib olishgan.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 1831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!