Agar kredit oluvchi bank oldidagi majburiyatlarini bajarmasa, sud tomonidan qarzni garovdagi mulkdan undirish yoki qarzdor va kafil fuqarolardan solidar tartibda undirish to‘g‘risida ijro varaqasi chiqariladi. Ko‘pincha qarzdor kredit bo‘yicha majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmagan hollarda, qarzdor va kafil kreditor oldida birgalikda javob beradi.
Majburiy ijro byurosining Farg‘ona iloyati boshqarmasi tomonidan kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha ijro hujjatlarini amalga oshirish maqsadida muayyan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Joriy yil boshidan buyon 366 dan ortiq ijro hujjati bo‘yicha 298.5mlrd so‘mlik qarzdorlik banklar foydasiga undirildi.
Shuningdek, banklar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari asosida jami 907 ta, qiymati 161.2 mlrd so‘mlik mol-mulk xatlangan, ulardan 703 tasi, qiymati 322.3 mlrd so‘mlik mulklar yelektron onlayn auksion savdosiga chiqarilgan.