Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

MIB aralashuvi bilan yoshlar sanoat zonasida yerdan maqsadsiz foydalanish holatiga chek qo‘yildi

MIB aralashuvi bilan yoshlar sanoat zonasida yerdan maqsadsiz foydalanish holatiga chek qo‘yildi

Ulug‘nor tuman hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi Sariqsuv MFY hududida yoshlar sanoat zonasi tashkil etilib, yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yuritishlari uchun yer maydoni ajratib berilgan.

Biroq, “Kamoldin ota oltin guzari” MCHJ tomonidan ajratilgan yer maydonida investisiya shartlari bajarilmasdan, faoliyat boshlamaganligi sababli Andijon viloyati hokimligi huzuridagi kichik va yoshlar sanoat zonlarini boshqarish yagona direksiyasi tomonidan qurilmalarni buzdirib, yer maydonini bo‘shatish va qaytarib olish haqida sudga da’vo ariza bilan murojaat qilingan.

Xususan, Bo‘ston tumanlararo iqtisodiy sudining 09.11.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan javobgar “Kamoldin ota oltin guzari” MCHJga ajratib berilgan 0,04 ga yer maydonida joylashgan 118,7 kv.metrdan iborat bino inshoatlarni buzdirish belgilangan.

Qarzdor sud hujjatida belgilangan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarishi haqida bir necha marotaba yozma va og‘zaki ravishda ogohlantirilishiga qaramasdan bu talablar bajarilmaganligi sababli hamkor tashkilotlar ishtirokida majburiy ijro tayinlangan.

Amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida bino inshootlar buzdirib tashlanib, sud qarori ijrosi ta’minlandi.

Kiritildi: Bugun 09:46. O'qildi: 155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!