Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilishni rejalashtirmoqda — Ukraina prezidenti Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina maxsus xizmatlari poytaxt va mamlakatning boshqa shaharlaridagi bo‘lajak hujumlar nishonlari batafsil ko‘rsatilgan Rossiya hujjatlariga ega.

"Bizning qo‘limizda Rossiya hujjatlari mavjud, ularda Kiyevga va boshqa shaharlarimizga — armiya rahbariyati, hukumat bo‘lishi mumkin bo‘lgan siyosiy va harbiy ob’ektlarga, shuningdek, bu yerga, Bankovayaga zarbalar berish uchun nishonlar taklif qilingan. Ular bu rejani anchadan beri pishitishmoqda. Erondagi urushdan keyin yana faollashib qolishdi. Bizning qayerda ekanligimizni, qayerlarda bo‘lishimizni izlashmoqda”, — dedi Zelenskiy.

Ukraina rahbari dushmanning bunday rejalari va rahbariyatni qo‘rqitish yoki yo‘q qilishga bo‘lgan urinishlari Ukraina xalqining pozisiyasini o‘zgartira olmasligiga ishontirdi.

"Moskvadagi kimdir ukrainaliklar hech qachon o‘z mustaqilligidan voz kechmasligini hali ham tushunib yetmadi. Har qanday holatda, Bankovaya bilan yoki Bankovayasiz o‘z yerimizni, suverenitetimizni, davlatimizni topshirmaymiz", — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.

Avvalroq Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi Rossiyaning yangi raketa-dron hujumlariga tayyorgarlik ko‘rayotganini tasdiqlovchi hujjatlarni qo‘lga kiritgandi.

E’lon qilingan nishonlar suratlarida Kiyev markazidagi binolar, prezident ofisining turli qavatlardagi kabinetlari va davlat rahbarining dalahovlisi qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 17:51. O'qildi: 440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!