Meta kompaniyasi foydalanuvchilarning shaxsiy suratlariga ruxsatsiz kirgani uchun Italiyada qariyb 900 million dollar jarimaga tortildi — Reuters.
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Facebook Android smartfonlaridagi foto va videolar saqlanadigan galereyaga foydalanuvchilarning alohida roziligisiz kirish imkoniga ega bo‘lgan.
Bu ijtimoiy tarmoqda e’lon qilish uchun kontent tavsiya qiladigan funksiya orqali amalga oshirilgan.
Endi kompaniya ushbu funksiyani dastlabki holatda o‘chirib qo‘yishi va foydalanuvchilarning fayllariga kirishdan oldin ulardan ruxsat olishi shart.