Italiyaning Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish boshqarmasi amerikalik Meta korporasiyasini Android foydalanuvchilarining galereyasidagi surat va videolardan alohida roziliksiz foydalangani uchun 805 million yevro jarimaga tortdi.
Bu haqda TASS ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.
«Kompaniya Android qurilmalari uchun Facebook ilovasi orqali italiyalik foydalanuvchilarning smartfonlarida saqlanayotgan suratlar, videolar va ularga tegishli metama’lumotlarga alohida rozilik olmasdan hamda foydalanuvchilarni tegishli tarzda xabardor qilmasdan kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan», — deya aniqlik kiritdi idora.
Hujjatda qayd etilishicha, kompaniya 90 kun ichida Italiya hukumatiga ko‘rilgan choralar yuzasidan hisobot taqdim etishi kerak.