Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Messining singlisi Mayamida avtohalokatga uchrab, jiddiy jarohat oldi

Messining singlisi Mayamida avtohalokatga uchrab, jiddiy jarohat oldi

"Inter Mayami" klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining singlisi Mariya Sol Messi Mayamida avtohalokatga uchrab, og‘ir jarohat oldi. Voqea o‘tgan hafta ayolning rulda bo‘lganida tutqanog‘i tutib, boshqaruvni yo‘qotgan va devorga urilganidan keyin sodir bo‘lgan. Bu haqda Nueva Rioja xabar bermoqda.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Mariya Sol kuyishdan tashqari, ikki umurtqasi, tovoni va bilagi singan. Uzoq muddatli reabilitasiya zarurati tufayli ayol 3 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "Inter Mayami" yordamchi murabbiylaridan biri Xulian Arelyano bilan to‘yni keyinga qoldirishga majbur bo‘ldi.

Mariya Sol Messi reabilitasiyadan o‘tish uchun vatani Rosarioga (Argentina) olib kelingan.

Kiritildi: Bugun 19:02. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!