Bugun 20 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Messining imzosi tushirilgan futbolka va sardorlik bog‘ichi Parijda o‘g‘irlandi

Messining imzosi tushirilgan futbolka va sardorlik bog‘ichi Parijda o‘g‘irlandi

Fransiyada yuz bergan ommaviy tartibsizliklar vaqtida Parijdagi futbol muzeyidan Lionel Messiga tegishli esdalik buyumlari o‘g‘irlangani xabar qilindi.

Noticias Argentinas agentligining ma’lum qilishicha, 17 oktyabr kuni yuzlarini berkitgan bir guruh shaxs muzey binosiga kirib, argentinalik futbolchining dastxati tushirilgan futbolkasi va sardorlik bog‘ichini olib ketgan.

TyC Sports nashriga ko‘ra, ushbu buyumlar Messi «Barselona» safida to‘p surgan davrda foydalangan futbolka va sardorlik bog‘ichi hisoblanadi.

Mazkur voqea Fransiyaning bir qator shaharlarida ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazilgan paytga to‘g‘ri keldi.

17 oktyabr kuni mamlakatda yashash xarajatlarining ortishi va ta’lim tizimidagi muammolarga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Ayrim hududlarda norozilik aksiyalari polisiya bilan to‘qnashuvlar va talon-toroj holatlariga aylanib ketdi.

Kiritildi: 23:43 19.10.2026. O'qildi: 194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!